Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Jud Bellingem sotilmaydi — “Real Madrid” “CHelsi” taklifini rad etdi

Jud Bellingem sotilmaydi — “Real Madrid” “CHelsi” taklifini rad etdi

Baho:
+ | -5

Angliyaning “Chelsi” klubi Jud Bellingem bo‘yicha yirik transfer taklifini yubordi. Biroq “Real Madrid” rahbariyati angliyalik yarim himoyachini sotish masalasini keskin rad etdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli Bellingem “Real Madrid”ning eng muhim aktivlaridan biri hisoblanadi. U “Santyago Bernabeu”ga kelganidan buyon barqaror rivojlanib, maydondagi ta’siri va yetakchilik fazilatlari bilan klubning uzoq muddatli sport loyihasida muhim figuraga aylangan.

Shu sababli “Real Madrid”da Bellingem bo‘yicha pozisiya qat’iy: futbolchi “tegib bo‘lmas” maqomiga ega. Uning 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomasi klubning maqsadini aniq ifodalaydi. Sport boshqaruvi uning salohiyati hali to‘liq ochilmaganini va Madrid muhitiga moslashuvi juda muvaffaqiyatli kechganini ta’kidlamoqda.

Angliya matbuotiga ko‘ra, “Chelsi” imkon qadar tezroq hujumkor yarim himoyachi bilan kelishuvga erishmoqchi. Klub Koul Palmerning boshqa klubga o‘tish ehtimolidan xavotirda. Agar “Manchester Siti” murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlar yuz bersa, xususan klubga Enso Mareska bosh murabbiy etib tayinlansa, Palmer “Siti”ning asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin.

Agar Palmer klubdan ketadigan bo‘lsa, “Chelsi” transfer bozoriga chiqishga majbur bo‘ladi va aynan shu nuqtada Jud Bellingem asosiy variantga aylanadi. Shunga qaramay, bu transfer moliyaviy va sport nuqtai nazaridan deyarli amalga oshmas loyiha sifatida baholanmoqda.

Manbaga ko‘ra, hatto rekord darajadagi taklif ham klubning pozisiyasini o‘zgartirmaydi. Futbolchining o‘zi ham “Real Madrid”ni tark etish niyatida emas. U Ispaniyada o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etishiga ishonadi va yirik sovrinlar uchun kurash imkoniyatini Angliyaga qaytishdan ustun qo‘ymoqda.

“Qirollik klubi” Bellingem atrofidagi mish-mishlarni uning maqomiga xos tabiiy jarayon sifatida qabul qilmoqda. Xulosa aniq: Jud Bellingem sotilmaydi va “Real Madrid” bu borada hech qanday muzokara eshigini ochmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Jud Bellingem joriy mavsum “Real Madrid” safida barcha musobaqalar doirasida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 160 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:57, 09.01.2026.
O'qildi: 2349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.