Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Skaloni — Messining JCH-2026da ishtirok etishi haqida: «Qarorni u qabul qilishi kerak»

Skaloni — Messining JCH-2026da ishtirok etishi haqida: «Qarorni u qabul qilishi kerak»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida milliy jamoa safida ishtirok etish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Men Messi bilan uchrashdim, Uning uyiga juda yaqin joyda yashayman. Jahon chempionati masalasiga kelsak, buni keyinroq ko‘ramiz. Biz ko‘p narsalar haqida gaplashdik, ammo bu haqda emas, chunki hali vaqt bor. Uni ortiqcha bosim ostida qoldirish kerak emas — u xotirjam bo‘lib, qaror qabul qilishi kerak. Keyin shu qarordan kelib chiqib, jamoa uchun nima yaxshiroq ekanini o‘ylab ko‘ramiz. Hozircha esa biz uning Jahon chempionatida o‘ynaydimi-yo‘qmi, shu haqda gaplashmadik, boshqa mavzularda suhbatlashdik.

Uni taniydiganlar yaxshi biladi: u hech qachon bo‘shashmaydi. U tug‘ma jangchi — u g‘alaba qozonishni xohlaydi, o‘ynashni xohlaydi, u har doim maydonda bo‘lishni istaydi. Bu esa juda muhim, ayniqsa jamoadoshlari uchun. Ular sardorning o‘zini qanday tutishiga qarab, terma jamoaga kelib o‘ynashni istashadi», — dedi Skaloni AFA Estudio YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:27, 10.01.2026.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик