Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Roma» hujumchisi Artyom Dovbikning jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

«Roma» hujumchisi Artyom Dovbikning jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik «Lechche»ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab taxminan ikki oyga safdan chiqdi. Ushbu bahsda ukrainalik futbolchi gol urishga ham ulgurgan edi. Yakuniy tashxis klub dastlab kutganidan ancha og‘irroq bo‘lib chiqdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Ukrainalik futbolchining safdan chiqishi rimliklar hujum chizig‘idagi vaziyatni ancha murakkablashtirmoqda va tarkibni rotasiya qilish imkoniyatlarini keskin qisqartirdi. Shuningdek, transfer bozorida ham muammolar yuzaga kelmoqda — tiklanish muddati shunchalik uzun ekani sabab qishki transfer masalasini muhokama qilish amalda imkonsiz, chunki jarohat olgan futbolchiga sarmoya kiritishga tayyor klub topish juda qiyin bo‘ladi.

Joriy mavsumda Artyom Dovbik «Roma» safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:49, 10.01.2026.
O'qildi: 391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик