Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ruben Amorim «MYU»dan ketgandan so‘ng qaysi klubni boshqarishi mumkinligi aytildi

Ruben Amorim «MYU»dan ketgandan so‘ng qaysi klubni boshqarishi mumkinligi aytildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»dan iste’foga chiqarilgan Ruben Amorim yana Portugaliya chempionatida faoliyat olib borishi mumkin. talkSPORT xabar berishicha, u «Benfika» klubi bosh murabbiyi lavozimi uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Lissabon jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourinyuning kelajagi hanuz aniq emas. Uning shartnomasida 2026 yil yozidan oldinroq ketish imkoniyati belgilangan va agar Mourinyu Roberto Martines ketgan taqdirda Portugaliya terma jamoasini boshqarish taklifini olsa, ushbu opsiya qo‘llanishi mumkin.

Mourinyu o‘rniga asosiy nomzodlardan biri aynan Amorim hisoblanadi. U «Benfika» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klubda ikki davrda o‘ynagan: 1994–1998 va 2008–2017 yillarda. Murabbiylik faoliyatida Amorim «Kaza Piya», «Braga» va «Sporting» klublarida ishlagan, so‘nggi jamoasidan 2024 yil oktyabrda ketgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Benfika» Portugaliya chempionatida 3-o‘rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasi jadvalida 25-o‘rinda joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:40, 10.01.2026.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.