Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston 2-turda Eron bilan durang o‘ynadi

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston 2-turda Eron bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan U23 Osiyo kubogining "S" guruhida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Eronga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning ssenariysi quyidagicha bo‘ldi: har ikkila bo‘limning dastlabki yarmida ustunlik o‘zbekistonliklar tomonidan bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida raqib ko‘proq hujumga o‘tdi.

Maydonda jamoalar katta kuch sarflashdi va yaxshi jang qilishdi. Ammo hech bir jamoaga gol urish nasib etmadi — 0:0.

Janubiy Koreya biroz avvalroq Livanni 4:2 hisobida mag‘lub etdi va guruh peshqadamiga aylandi. 4 ochkoga ega bo‘lgan O‘zbekiston 2-o‘rinni egallab turibdi. Eron esa 2 ochko bilan uchinchi pog‘onaga joylashdi. Eron so‘nggi turda Livanga qarshi maydonga chiqib, imkon qadar yirikroq hisobda g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Eronliklar buni uddalashsa, biz so‘nggi turda Janubiy Koreyani mag‘lub etishimiz talab etiladi (Eron kichik hisobda g‘alaba qozonsa, Koreyaga qarshi bahsni bizni durang ham qanoatlantiradi).

3-tur bahslari 13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

U23 Osiyo kubogi. "S" guruhi, 2-tur
ERON - O‘ZBEKISTON - 0:0

LIVAN - J.KOREYA - 2:4

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-yat T-N Ochko
1 Janubiy Koreya 2 1 1 0 4-2 4
2 O‘zbekiston 2 1 1 0 3-2 4
3 Eron 2 0 2 0 0-0 2
4 Livan 2 0 0 2 4-7 0
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:04, 10.01.2026.
O'qildi: 1934 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик