Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

“Arsenal” “Nyukasl” futbolchisini sotib olishi mumkin

“Arsenal” “Nyukasl” futbolchisini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi “Nyukasl Yunayted”ning o‘ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mikel Arteta jamoasi 23 yoshli futbolchini 2026-yilning yozida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Livramento uchun kurashda “Manchester Siti” bilan raqobatga duch kelishi mumkin. Qayd etilishicha, “shaharliklar” ingliz futbolchisiga uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirib keladi. O‘tgan mavsumda “Nyukasl” himoyachini boshqa klubga sotish uchun kamida 60 million funt sterling (69 million yevro) so‘ragan.

“Nyukasl” rahbariyati esa futbolchini jamoada saqlab qolish uchun uni eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda. Klub Livramentoga olti yillik yangi shartnoma taklif etmoqchi. Hozirda jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi — yillik daromadi qariyb 10 million yevroga teng bo‘lgan braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimarayesh hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Livramento “Nyukasl” safida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Valentinoning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:54, 11.01.2026.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.