Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike 2027 yil yozida «PSJ»ni tark etishi mumkin

Luis Enrike 2027 yil yozida «PSJ»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike 2027 yil yozida shartnomasi yakunlangach, Parij klubini tark etishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis faoliyatida yangi sinovlarni istamoqda. Bu haqda Daily Express xabar bermoqda.

Avvalroq Fransiya grandining sport direktori Luish Kampush 55 yoshli murabbiyning «PSJ»dan ketishi haqidagi ma’lumotlarni asossiz, deb atagan edi.

Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon Parij jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligi ostida «PSJ» Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogida g‘alaba qozondi va ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi.

Liga 1 joriy mavsumining 17 turidan so‘ng Enrike jamoasi 39 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:03, 11.01.2026.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик