Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Klopp bilan birga ishlagan murabbiy bilan shartnoma imzoladi

"Arsenal" Klopp bilan birga ishlagan murabbiy bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Mikel Artetaning Londonning "Arsenal" klubidagi murabbiylar shtabi yangi mutaxassis bilan to‘ldirildi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, ingliz top-klubi safiga daniyalik murabbiy Tomas Gronnemark qo‘shildi. U autlarni tashlashga javobgar bo‘ladi. Murabbiy 2018 yildan 2023 yilgacha Yurgen Klopp shtabida ishlagan.

Bugungi kunga kelib, "kanonirlar" 49 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Arteta shogirdlari 2-o‘rindagi "Manchester Siti"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda.

"Arsenal" APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini safarda "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:28, 11.01.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик