Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

SPL. «Al-Hilol» bir kishi kam bo‘lib qolgan «An-Nasr» ustidan kambek amalga oshirdi

SPL. «Al-Hilol» bir kishi kam bo‘lib qolgan «An-Nasr» ustidan kambek amalga oshirdi

Baho:
+3 | -

Saudiya Arabistoni Pro ligasi 15-turida "Al-Hilol" o‘z maydonida "An-Nasr"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

42-daqiqada Krishtianu Ronaldu Kingsli Komanning golidan so‘ng o‘yinda hisobni ochidi.

57-daqiqada Salem Al-Davsariy penaltidan hisobni tenglashtirdi. Gol bo‘lgan vaziyatdan so‘ng "Nasr" darvozaboni Navaf "Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan to‘pni talashgan vaziyatda portugaliyalikning yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan mezbonlar 81-daqiqada hisobda oldinga chiqib oldi. Muhammad Kanno Ruben Neveshning qanotdan uzatmasini darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi.

O‘yinga qo‘shib berilgan 9 daqiqaning boshida yana "Nasr" darvozasiga penalti belgilandi. Undan Ruben Nevesh unumli foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.

"Al-Hilol" 38 ochko bilan 2-o‘rindagi "An-Nasr"dan 7 ochkoga o‘zib ketdi.

"Nasr" chempionatda ketma-ket 3-bor mag‘lub bo‘ldi.

SPL. 15-tur
12 yanvar, 22:30. Kingdom Arena (Riyod)
Al-Hilol - An-Nasr - 3:1
Gollar: 42' 0:1 - K. Ronaldu (K. Koman), 57' 1:1 - S. Al-Davsariy (penaltidan), 81' 2:1 - M. Kanno (R. Nevesh), 90+2' 3:1 - R. Nevesh (penaltidan)
Qizil kartochka: 60 - Navaf Al-Aqidi (An-Nasr)
Al-Hilol: Al-Rubayi, Al-Tambakti, R. Nevesh, Al-Harbi, Al-YAmi, S. Milinkovich-Savich, N. Al-Davsariy, T. Ernandes, Malkom, D. Nunyes, S. Al-Davsariy.
An-Nasr: N. Al-Aqidi, Yahyo, I. Martines, Simakan, Bushal, Angelo, Brozovich, Al-Haybariy, Koman, J. Feliks, K. Ronaldu

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:36, 13.01.2026.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик