Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UYEFA va Britaniya federasiyalari ofsayd qoidasi islohotini qo‘llab-quvvatlamadi

UYEFA va Britaniya federasiyalari ofsayd qoidasi islohotini qo‘llab-quvvatlamadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) va Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya futbol federasiyalari ofsayd qoidasini o‘zgartirish g‘oyasini ma’qullamaydi, deb yozadi The Times.

Avvalroq Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi 20 yanvar kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda o‘yindan tashqari holatni aniqlash qoidalarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Ushbu g‘oya tashabbuskori "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi, FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Venger hisoblanadi. U agar hujumkor jamoa futbolchisi raqibning so‘nggi o‘yinchisidan bir qismi bilan emas, balki butun tanasi bilan oldinda bo‘lsa, ofsayd qayd etilishini yoqlab chiqdi.

Manbaning ta’kidlashicha, UEFA va to‘rtta federasiya qoidaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishni juda keskin deb hisoblamoqda, chunki bu jamoalarning chuqurroq himoyalanishiga turtki bo‘ladi. Tashkilotlar murosa sifatida ofsaydni aniqlashda faqat hujumchi tanasining istalgan qismi holatini hisobga olishni, oyoq va bosh holatini e’tiborsiz qoldirishni taklif qilmoqchi.

Biroq qoida 2026 yilgi jahon chempionatidan oldin joriy etilmaydi, chunki u avval sinovdan o‘tkazilishi kerak.

Kiritildi: 03:54, 14.01.2026.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик