Angliyalik Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin "Manchester Yunayted"ning ilk yangi a’zosi nomi ma’lum bo‘ldi. The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaga "Al-Hilol" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh kelib qo‘shilishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, mavsum oxirigacha bosh murabbiy masalasi hal etilgach, "qizil iblislar" yarimhimoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi, Nevesh esa klubning maqsadi. Xabar qilinishicha, uni sotib olish taxminan 23 mln yevroga tushadi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Neveshni sotib olish va boshqa transfer maqsadlari uchun mablag‘ga ega. Klublar barcha shartlarni kelisha olsa, pul ajratiladi.













