Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo

Roberto De Dzerbi yozda "MYU"ni boshqarishga asosiy nomzodlardan biri

Roberto De Dzerbi yozda "MYU"ni boshqarishga asosiy nomzodlardan biri

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga Maykl Kerrik tayinlanganiga qaramay, klub uzoq muddatli istiqbol uchun mutaxassis qidirmoqda va Ruben Amorim o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Daily Mail nashri jurnalistlari tarqatgan xabarga ko‘ra "Marsel" ustozi Roberto De Dzerbi bosh murabbiylikka asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Italiyalik mutaxassis "Brayton" va "Marsel"dagi faoliyati bilan e’tiborga tushgan. De Dzerbi o‘zining taktik universalligi va Yevropaning yetakchi ligalarida ishlash tajribasi bilan tanilgan, bu esa uni "qizil iblislar" uchun jozibador variantga aylantiradi.

Nomzodlar ro‘yxatida De Dzerbidan tashqari Premyer-liga va terma jamoalarda ishlagan murabbiylar ham bor. Ular orasida Oliver Glasner, Marku Silva, Andoni Iraola, shuningdek, Tomas Tuxel, Maurisio Pochettino va Karlo Anchelotti kabi taniqli nomlar bor.

Kiritildi: 05:25, 14.01.2026.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик