Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Flikning Kanselu bo‘yicha rejalari oydinlashdi

Flikning Kanselu bo‘yicha rejalari oydinlashdi

Baho:
+1 | -

Qanot himoyachisi Joau Kanselu kecha "Barselona" safiga o‘tdi.

"Ko‘k-anorranglilar" portugaliyalikni joriy mavsum yakuniga qadar Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan ijaraga olgan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya grandi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning fikricha, Kanseluning tarkibda bo‘lishi jamoaga o‘zgaruvchanlik qo‘shadi, shuningdek, endi ko‘proq dam olishi mumkin bo‘lgan Jyul Kunde va Alexandro Baldening ishini yengillashtiradi. 31 yoshli yangi futbolchi "Barselona"da juda qadrlanadigan himoyaning ikkala qanotini ham yopishga qodir.

Joau Kanselu 2023/24 yilgi mavsumda ham "Barsa"da o‘ynagan. O‘shanda jamoani Xavi Ernandes boshqargan.

Kiritildi: 12:48, 14.01.2026.
O'qildi: 1802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик