Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Eldor Shomurodov FIFA rasmiy sayti uchun intervyu berdi

Eldor Shomurodov FIFA rasmiy sayti uchun intervyu berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

“Bu tuyg‘uni so‘z bilan ifodalash juda qiyin. Nafaqat biz futbolchilar, balki butun O‘zbekiston bu yo‘llanmani juda xohlardi. Natijadan keyin hamma juda xursand bo‘ldi, chunki bu xalqimiz va muxlislarimiz uchun naqadar muhim ekanini hammamiz tushunardik.

Saralashdan chiqqanimizdan so‘ng, nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan ham ko‘plab futbol muxlislari tabriklashdi. Hatto Qozog‘iston prezidenti bizning prezidentimizni tabriklaganini eshitganman. Agar Jahon chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatsak, O‘zbekiston terma jamoasining muxlislari butun dunyoda paydo bo‘ladi.

Qur’a oldidan ham kim bilan tushishimiz unchalik muhim emasligini bilardim. Bizning vazifamiz — guruhdan chiqish, qolganini taqdir hal qiladi. Albatta, bor kuchimizni beramiz. Biz vatanimizni himoya qilamiz va shu sababli qattiq ishlaymiz. O‘zbekiston kuchli jamoa ekanini butun dunyoga ko‘rsatmoqchimiz.

Dunyo O‘zbekistondan chiqqan futbolchilar Yevropa klublarida o‘ynay olishini ko‘rdi. Bu nafaqat terma jamoaga, balki butun o‘zbek futboliga foyda keltirmoqda.

Bolaligimda Jahon chempionatiga chiqa olmaganimizda muxlislar qanchalik xafa bo‘lganini eslayman. Bugun esa muvaffaqiyatlarimiz va davlatimiz rahbarining sportga, xususan futbolga bo‘lgan e’tibori tufayli muxlislar munosabati butunlay o‘zgardi. Endi Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq bo‘lgach, ko‘plab o‘zbekistonliklar ham AQSHga borishni rejalashtirmoqda. Ularning tribunadagi qo‘llab-quvvatlashi bizga katta kuch va yangi cho‘qqilarga chiqish uchun motivasiya beradi”, — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya terma jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:59, 14.01.2026.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.