"Real" vingeri Vinisius Junior Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Albasete"ga (2:3) qarshi bahsda omadsiz harakat qildi.
Braziliyalik futbolchi madridliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi va to‘liq o‘yin o‘tkazdi. U raqib darvozasiga bitta aniq zarba berdi.
Vinisius "Real" safida so‘nggi 18 o‘yinda 1 ta gol urgan. 11 yanvar kuni u Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda (2:3) gol urdi.
La Ligada vinger mavsumda 19 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













