Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Kuvayt futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Kuvayt futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston futzal terma jamoasi Kuvayt terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Bugun tongda Kuvayt milliy terma jamoasi delegasiyasi poytaxtimiz — Toshkent shahriga yetib keldi. Mehmonlar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olinib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Terma jamoalar markaziga joylashtirildi.

Rejaga muvofiq, bugun har ikki jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazadi. O‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlari esa 16 hamda 18-yanvar kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida:
27-yanvar — 7-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichida O‘zbekiston S guruhida Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kuvayt terma jamoasi esa V guruhida Tailand, Vyetnam va Livan jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 16:23, 15.01.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик