Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Aus Open-2026. O‘zbekistonlik tennischilarning raqiblari aniq bo‘ldi

Aus Open-2026. O‘zbekistonlik tennischilarning raqiblari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha 2026 yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatiga qur’a tashlandi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 75 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Ushbu nufuzli musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ikki nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi. Bugun, 15 yanvar kuni turnirga qur’a tashlandi. Tennischilarni saralashda jahon reytingidagi o‘rinlar hisobga olingan.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Polina Kudermetova ispaniyalik Guimar De Rilesga qarshi bahs bilan o‘z yurishini boshlaydi. U barcha raqiblarini mag‘lub etgan taqdirda, chorak finalda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Arina Sabolenkoga qarshi kortga chiqadi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Kamilla Rahimova “Katta dubulg‘a” turnirlarining ikki karra g‘olibi, WTA reytingida 3-o‘rinni egallab turgan Koko Goffga qarshi bahs olib boradi.

Turnirning amaldagi chempioni AQSHlik Medison Keys hisoblanadi. U o‘tgan yilgi finalda belaruslik Arina Sabolenkodan 6:3, 2:6, 7:5 hisobida ustun kelgan va faoliyatidagi ilk Grand Slam sovrinini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarga ham qur’a tashlandi. Dunyoning birinchi raqamli raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaras chorak finalda top-10 reytingdagi tennischilardan avstraliyalik Aleks de Minorga qarshi to‘qnash kelishi mumkin.

2026-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan juftliklar:

Karlos Alkaras (Ispaniya) — Aleks de Minor (Avstraliya, 6)
Aleksandr Zverev (Germaniya, 3) — Feliks Oje-Alyassim (Kanada, 7)
Lorenso Musetti (Italiya, 5) — Novak Jokovich (Serbiya, 4)
Ben Shelton (AQSH, 8) — Yannick Sinner (Italiya, 2)

Amaldagi chempion italiyalik Yannick Sinner bo‘lib, u 2025 yilgi finalda germaniyalik tennischi Aleksandr Zverevni 6:3, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etgan edi. Avstraliya ochiq chempionati tarixida eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan tennischi Novak Jokovich bo‘lib, serbiyalik raketka ustasi 10 marta ushbu turnir bosh sovriniga ega chiqqan.

Turnir 18 yanvardan 1 fevralga qadar Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkaziladi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi qariyb 75 million AQSH dollarini tashkil etadi. G‘olib tennischi 2 mln 770 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli va 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:50, 15.01.2026.
O'qildi: 192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.