Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Manba: Mark Gexi — “Manchester Siti” futbolchisi

Manba: Mark Gexi — “Manchester Siti” futbolchisi

Baho:
+ | -

“Kristal Pelas” klubi markaziy himoyachisi Mark Gexi “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. London klubi 25 yoshli futbolchi uchun 20 million funt sterling (23 million yevro) miqdoridagi taklifni qabul qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi ham “shaharliklar” tomonidan taklif qilingan shartlarga rozi bo‘lgan.

Joriy mavsumda Gexi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golga uzatma berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati 55 million yevroga baholangan.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi himoyachisi 2025 yil yozda “Liverpul”ga transferi amalga oshmagach, 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.

Manchester klubi himoyachisi Jon Stounzning shartnomasi 2026 yil yozda yakunlanadi. Agar u formasini tiklab, barqaror o‘yin ko‘rsata olsa, unga kelishuvni uzaytirish taklif etiladi. Yana bir himoyachi Natan Ake bu mavsum Angliya chempionatida atigi bitta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, Manuel Akanji esa “Inter”da ijara asosida to‘p surmoqda. 30 yoshli bu ikki futbolchi ham yozda “Siti”ni tark etishi kutilmoqda. Shu sababli Gexining transferi Pep Gvardiola jamoasi uchun ideal variant sifatida baholanayotgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:21, 16.01.2026.
O'qildi: 3468 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик