Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Barselona" iqtidori klubdan ketish qarori haqida Flikni ogohlantirdi

"Barselona" iqtidori klubdan ketish qarori haqida Flikni ogohlantirdi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes qishda "Barselona"ni tark etadi. Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli futbolchi juma kuni ertalab jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka o‘z qarorini ma’lum qilgan. Dro klubga tovon puli sifatida 6 million yevro to‘laydi.

Yaqin kunlarda futbolchi oilasi va agentlar bilan uchrashib, turli variantlarni o‘rganishni rejalashtirmoqda. "Barselona" biroz shokka tushdi va iste’dodli o‘yinchini ushlab qolishga urinishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Barselona" Dro Fernandes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan, ammo sport direktori Deku shartnomani o‘z vaqtida yopishga ulgurmagan.

Dro yaqinda - 12 yanvar kuni 18 yoshga to‘ldi. Dro Fernandes "Barselona"ning asosiy jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 22:03, 16.01.2026.
O'qildi: 3427 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик