Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Maguayr "Manchester Siti" bilan derbi haqida fikr bildirdi

Maguayr "Manchester Siti" bilan derbi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Manchester derbisi shanba kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

"O‘ylaymanki, bizni ajoyib o‘yin kutmoqda. Qiyin bo‘lishini bilamiz, lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolga endigina qadam qo‘yayotgan har bir inson aynan shunday o‘yinlarni orzu qiladi. Bu vaziyatni o‘zgartirish va muxlislarimiz ko‘z o‘ngida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatish imkoniyatimizdir," - deya Maguayrning so‘zlarini keltiradi ingliz OAV.

Shanba kungi uchrashuv "MYU" uchun Maykl Kerrik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi.

Kiritildi: 08:13, 17.01.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик