Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grinvud La Liga grandi safini to‘ldirishi mumkin

Grinvud La Liga grandi safini to‘ldirishi mumkin

Baho:
+1 | -

Fransiyaning "Marsel" klubi hujumchisi Meyson Grinvud Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Topskills Sports UK nashrining xabar berishicha, "Atletiko" Madrid klubi "Marsel" bilan bog‘lanib, yozgi transferlar davrida Grinvudni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Grinvud o‘ziga bo‘lgan qiziqishlarga qaramay, "Marsel"ni tark etishga shoshilmayapti. Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining xaridi "matraschilar"ga 100 million yevroga tushishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "Marsel" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:33, 17.01.2026.
O'qildi: 3243 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик