"Manchester Siti" debyutantlar boshqargan "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ga qarshi ikki o‘yinning birortasida g‘alaba qozona olmadi.
Shanba kuni Pep Gvardiola jamoasi Maykl Kerrik uchun birinchi o‘yinda "qizil iblislar"ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).
4 yanvar kuni "shaharliklar" Kalum MakFarleynning vaqtinchalik bosh murabbiy sifatidagi birinchi o‘yinida "Chelsi"ni mag‘lub eta olmagandi - 1:1.













