Londonning "Arsenal" klubi muxlisi bo‘lgan britaniyalik jurnalist Pirs Morgan "kanonirlar"ning "Nottingem Forest"ga qarshi kechgan o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoalar 0:0 hisobida durang qayd etishdi.
"Kuchsiz o‘yin va adolatli natija. Bu uchrashuvda Arteta jamoasi o‘z darajasidan ancha uzoqda edi. Ularning o‘yinida uchqun yo‘q edi. Bu o‘yin meni xafa qildi," - deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
"Arsenal" 22 o‘yindan so‘ng 50 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Arteta shogirdlari eng yaqin ta’qibchisini 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.













