Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Napoli" APL klubi futbolchisi bilan kelishib oldi

"Napoli" APL klubi futbolchisi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joao Gomes bilan maosh va shartnoma muddati borasida kelishib oldi. Biroq, Italiya chempioni hozircha "bo‘rilar" bilan 24 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchini yozdan buyon kuzatib kelmoqda. Mankunianliklar Gomesni 33 yoshli Kazemiro klubni tark etganidan keyin yarim himoya chizig‘iga ishonch olib kiradigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda "bo‘rilar" yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:59, 18.01.2026.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик