Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. Keyingi Afrika Millatlar Kubogiga 3 ta mamlakat mezbonlik qiladi

Rasman. Keyingi Afrika Millatlar Kubogiga 3 ta mamlakat mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

2027 yilgi Afrika kubogi birdaniga 3 ta davlatda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mahalliy futbol konfederasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

E’lon qilingan xabarga ko‘ra, musobaqa Keniya, Tanzaniya va Uganda stadionlarida bo‘lib o‘tadi. Turnir mezbonligi uchun Senegal, Nigeriya va Benin, shuningdek, Botsvana va Zambiya kabi bir qator davlatlar da’vogarlik qilgan.

"Men butun Afrika bo‘ylab futbolni rivojlantirishga majburman. Men futbolning rivojlanishini eng yaxshi infratuzilmaga ega mamlakatlar bilan cheklay olmayman va Keniya, Uganda va Tanzaniyadagi turnir katta muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman," - dedi Afrika futboli rahbari Patris Motsepe.

Afrika kubogi oxirgi marta 1976 yilda qit’a sharqida Efiopiya mezbonligida o‘tkazilgan. Keyingi turnir toq yillar bo‘yicha o‘tkaziladigan oxirgi turnir bo‘ladi. 2028 yildan boshlab u 2 yilda bir marta emas, 4 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:19, 18.01.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик