Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

"Real" Endrikning "Lion"dagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda

"Real" Endrikning "Lion"dagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda

Baho:
+ | -

"Real" "Lion"da ijarada to‘p tepayotgan hujumchi Endrikning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

The Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchining salohiyatini inobatga olgan holda, ijara davridayoq u yozgi transfer oynasida "qaymoqranglilar" uchun haqiqiy topilmaga aylanadi, deb hisoblamoqda. Chunki klub kelajakda Endrikka katta umid bog‘lagan. "Real" iltimosiga ko‘ra, Endrik "Lion" safida o‘ng vinger pozisiyasida harakat qiladi — aynan shu joyda uni Madrid klubida kelajakda ko‘rishmoqda.

Endrik joriy mavsum oxirigacha ijara asosida yanvar oyida "Real"dan "Lion"ga o‘tgan edi. Hujumchi fransuz jamoasi safida hozirgacha 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonishga hissa qo‘shib, 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 05:21, 20.01.2026.
O'qildi: 1656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик