Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Marokash va Senegal bahsidan so‘ng sud ishi ochilishi mumkin

Marokash va Senegal bahsidan so‘ng sud ishi ochilishi mumkin

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Marokash Qirollik futbol federasiyasi Afrika Millatlar kubogi finalida Senegal terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (0:1) mag‘lubiyatga uchragach, rasmiy bayonot e’lon qildi.

Uchrashuv davomida Senegal darvozasiga penalti belgilanganidan so‘ng raqib jamoa futbolchilari hakam qaroriga norozilik bildirib, maydonni tark etishdi. Penalti 90+24-daqiqada ijro etildi. Senegal darvozaboni Eduar Mendi marokashlik hujumchi Brahim Diasning “panenka” uslubidagi zarbasini qaytardi.

“Marokash Qirollik futbol federasiyasi Senegal terma jamoasining final uchrashuvida o‘yinni davom ettirishdan bosh tortgani hamda hakam tomonidan penalti belgilanganidan keyin yuz bergan voqealar munosabati bilan Afrika Futbol Konfederasiyasi (AFK) va FIFA ustidan sudga murojaat qilish niyatida ekanini e’lon qiladi. Mutaxassislar ushbu penalti qarorini to‘g‘ri deb baholagan. Mazkur holat uchrashuv borishiga va futbolchilarning o‘yiniga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi”, deyiladi Marokash futbol federasiyasi bayonotida.

Shu bilan birga, Marokash futbol federasiyasi milliy terma jamoani barcha o‘yinlarda namunali tarzda qo‘llab-quvvatlab kelgan, sadoqatini namoyon etgan barcha marokashlik muxlislarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Afrika Millatlar kubogi finalida Senegal va Marokash terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam Senegalning golini inobatga olmadi, shundan so‘ng esa Senegal darvozasiga penalti belgiladi. Bunga norozilik sifatida “Teranga sherlari” murabbiylar shtabi jamoani maydondan olib chiqib ketdi. Biroq keyinchalik Senegal yana maydonga qaytdi. Marokash penalti zarbasini golga aylantira olmadi va birinchi qo‘shimcha bo‘limning dastlabki daqiqalarida senegalliklar g‘alaba golini urishdi — 1:0.

Kiritildi: 09:10, 20.01.2026.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик