Qarshining "Nasaf" jamoasi Antaliya yig‘ini doirasidagi to‘rtinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Serbiya Superligasining "Yavor" klubiga qarshi bellashuvda "ajdarlar" 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Yagona gol Radonya Aleksich tomonidan kiritildi.
Sardor Bahromov, Alibek Davronov va Zafarmurod Abdirahmatovlar milliy terma jamoaga chaqirilganliklari sababli ikkinchi nazorat uchrashuviga jalb qilinishmadi.













