Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Vinisius YECHL tarixidagi ikkinchi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylandi

Vinisius YECHL tarixidagi ikkinchi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylandi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior UEFA Chempionlar Ligasi tarixida braziliyalik futbolchilar orasida ikkinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Bu natija 20 yanvar kuni musobaqaning 7-turi doirasidagi uchrashuvda qayd etildi. Unda “Real” o‘z maydonida “Monako”ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bahsda 25 yoshli hujumchi jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi.

Ushbu gol Vinisius uchun Chempionlar Ligasidagi 30-gol bo‘lib, shu orqali u Kaka bilan tenglashdi. Biroq Kaka bu natijaga 86 ta uchrashuvda erishgan bo‘lsa, Vinisiusga 75 ta o‘yin kifoya qildi.

Braziliyalik futbolchilar orasida ushbu turnirdagi eng yaxshi natija Neymarga tegishli bo‘lib, u “PSJ” va “Barselona” safida UEFA Chempionlar Ligasi doirasida 43 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Chempionlar Ligasida Braziliya terma jamoasi futbolchilari orasidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligi:

43 ta gol — Neymar (“Barselona”, “PSJ”)
30 ta gol — Vinisius Junior (“Real”)
30 ta gol — Kaka (“Milan”, “Real”)

Joriy mavsumda Vinisius “Real Madrid” safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:31, 21.01.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик