Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Krishtianu Ronalduning Portugaliyadagi haykali yoqib yuborildi (video)

Krishtianu Ronalduning Portugaliyadagi haykali yoqib yuborildi (video)

Baho:
+2 | -

Portugaliyaning Madeyra orolida noma’lum shaxs mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning haykalini yoqib yubordi. Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga bag‘ishlangan haykal Funshal shahridagi Avenida do Mar ko‘chasida joylashgan. Shuningdek, u yerda hujumchiga atab qurilgan CR7 nomli muzeyi ham bor.

Xabarlarga ko‘ra, erkak ushbu harakatini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan. Tasvirlarda u musiqa ostida raqsga tushgani, shundan so‘ng haykalga yonuvchi suyuqlik sepib, uni yoqib yuborgani aks etgan. Videoda bloger bu holatni “Xudoning so‘nggi ogohlantirishi” deb atagan. Manbaga ko‘ra, mazkur haykal avval ham hujumga uchragan. Xususan, 2016-yilda unga zarar yetkazilgach, keyinchalik haykal CR7 muzeyi oldiga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Madeyra polisiyasi hodisa yuzasidan izoh berib, gumonlanuvchi shaxs aniqlanganini, biroq hozircha qo‘lga olinmaganini bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu shaxs avval ham shunga o‘xshash holatlarda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki bor Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan. U besh marta “Oltin to‘p” sovrinini ham qo‘lga kiritgan. Hujumchi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda “Yuventus” kabi jamoalarda to‘p surgan. Futbolchi hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klub sharafini himoya qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:00, 22.01.2026.
O'qildi: 5993 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.