Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘zbekiston futzal terma jamoasi: Yo‘qotishlar yetarli, ammo biz yigitlarga ishonamiz

O‘zbekiston futzal terma jamoasi: Yo‘qotishlar yetarli, ammo biz yigitlarga ishonamiz

Baho:
+ | -

Kecha oqshom O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi–2026 musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya etish uchun Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga uchib ketdi. Parvoz Toshkent — Kuala-Lumpur — Jakarta yo‘nalishi bo‘ylab davom etmoqda. Indoneziyaga yo‘l oladigan ro‘yxatdan 14 nafar futbolchi o‘rin oldi, ulardan ikki nafari darvozabon. Shuningdek, Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) musobaqa boshlanguniga qadar jamoalarga yana bir nafar o‘yinchini almashtirish imkoniyatini berishini ham eslatib o‘tamiz.

Qit’a chempionatiga terma jamoamizning yangilangan murabbiylar shtabi bir yil davomida puxta hozirlik ko‘rdi. Bu davr mobaynida futzalchilarimiz Osiyo kubogi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Shuningdek, jahonning TOP jamoalariga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida irodali g‘alabalari bilan muxlislarni xursand qilishdi.

Biroq hamma ish ham silliq kechdi, deb bo‘lmaydi. Terma jamoa murabbiylarini eng ko‘p tashvishga solgan muammo — bu jarohatlar bo‘ldi. 2025 yilning birinchi yarmida mavsumni zo‘r boshlagan Behruz Samiyev jiddiy shikastlanib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Terma jamoa yetakchisi Husniddin Nishonov jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Shundan so‘ng terma jamoa darvozabonlari Abbosbek Elmurodov va Abbos O‘lmasbekov ham jarohat sababli davolanishga majbur bo‘lishdi. Bundan tashqari, Davlat Ibragimov, Muzaffar Axadjonov, Shahzod Sadiyev, Artur Umurov, Mashrab Odilov hamda Muhammadali Xusanboyevlarni ham turli darajadagi jarohatlar bezovta qildi. Davron Choriyev esa Jahon chempionati arafasida olgan jarohatidan endi davolanib, mashg‘ulotlarga qaytdi.

Shu bois Jakartaga yo‘l olgan yakuniy tarkibni aniqlash jarayoni murabbiylar shtabi uchun oson kechmadi. Quvaytga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi nazorat uchrashuvidan keyingina yakuniy tarkib bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi. Murabbiylar shtabi xulosasiga ko‘ra, milliy chempionatning 6-turida olgan jarohatlaridan to‘liq forig‘ bo‘lmagan Muhammadali Xusanboyev, Mashrab Odilov, Shahzod Sadiyev, Davlat Ibragimov va Abbos O‘lmasbekov ushbu Osiyo kubogida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jakarta shahrida Osiyo kubogi boshlanguniga qadar mahalliy klublarga qarshi yana ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fursatdan foydalanib, minglab futzal ishqibozlari nomidan milliy terma jamoamizga Osiyo kubogi–2026 musobaqasida omad va zafarlar tilaymiz!

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 12:32, 22.01.2026.
O'qildi: 1538 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик