Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" ketma-ket uchinchi yil futbol klublarining daromadlari bo‘yicha jahon reytingida yetakchilik qilmoqda

"Real" ketma-ket uchinchi yil futbol klublarining daromadlari bo‘yicha jahon reytingida yetakchilik qilmoqda

Baho:
+ | -2

"Real" yana futbol klublari o‘rtasida daromadlar bo‘yicha jahon yetakchisiga aylandi.

Deloitte auditorlik kompaniyasi dunyo futbol klublarining 2024/25 yilgi mavsumdagi daromadlarini tahlil qildi.

"Real" ketma-ket uchinchi marta reyting yetakchisiga aylandi - o‘tgan mavsumda klub 1,161 mlrd yevro ishlab oldi. Madridliklarning o‘tgan hisobot davridagi daromadi 1,046 milliard yevroni tashkil etdi - "Real" bir yil ichida 1 milliard yevrodan ko‘proq pul ishlashga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi birinchi klubga aylandi.

Qayd etilishicha, "Real"ning tijoriy daromadlari o‘tgan mavsumga nisbatan 23 foizga - 593,6 mln yevroga o‘sgan, bunga tovarlar savdosining yaxshilanishi va yangi tijoriy hamkorlarning paydo bo‘lishi yordam bergan.

Shu bilan birga, klubning o‘yin kunlaridagi daromadi 6 foizga kamayib, 232,5 million yevroni tashkil etdi. TV-translyasiyalarda "qaymoqranglilar" 334,9 million yevro ishlab topdi.

Kiritildi: 17:03, 22.01.2026.
O'qildi: 1996 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.