Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Roma" hamon "MYU" hujumchisiga da’vogarlik qilmoqda

"Roma" hamon "MYU" hujumchisiga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkzee hamon Italiyaning "Roma" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Roma" va yana bir qator klublar Zirkzee uchun kurashni davom ettirmoqda. Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, hujumchining o‘zi ham kelajagi borasida imkon qadar tezroq oydinlik kiritishni istaydi.

2024 yilning yozida "Manchester Yunayted" Zirkzeni "Bolonya"dan 42,5 mln yevroga sotib olgandi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:37, 23.01.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик