Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jyulyen Dyuranvill faoliyatini Shveysariya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
19 yoshli belgiyalik futbolchi sotib olish imkoniyatisiz mavsum oxirigacha "Bazel"ga ijaraga berildi.
Dyuranvill joriy mavsumda "asalarilar" safida jami 2 ta o‘yinda 1 ta assist muallifi bo‘ldi.













