Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Yirik musobaqalar va OOK Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Yirik musobaqalar va OOK Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Bugun Sport, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida sport federasiyalari va assosiasiyalari mas’ullari bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, 26 yanvar kuni mamlakatimizda ilk bor tashkil etiladigan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasiga puxta hozirlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, sport federasiyalari va assosiasiyalarini belgilangan talabnomalar asosida moliyalashtirish, ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, mazkur jarayonlar ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, yurtimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasini yuqori saviyada tashkil etish, tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarni munosib kutib olish, tashkiliy, axborot va xavfsizlik masalalarini muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilab olindi.

Kiritildi: 20:32, 23.01.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик