"Manchester Yunayted" Maykl Kerrikni mavsum oxirigacha murabbiy qilib tayinladi. Biroq Ole Gunnar Sulsher ham nomzod sifatida tilga olingan edi.
Kerrik Sulsher bilan gaplashganini aytdi.
"Ha, men u bilan gaplashdim. Biz o‘zaro yaqinmiz. Biz birga ko‘p narsalarni boshdan kechirdik, shuning uchun u bizni to‘liq qo‘llab-quvvatladi - kutganingizdek.
U ajoyib inson va men unga juda hurmat bilan qarayman. U bizga eng yaxshi tilaklarni tiladi. Agar bizga kerak bo‘lsa, u doim yonimizda", dedi Kerrik jurnalistlarga.













