Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

«Lion» Endrikning ijara muddatini uzaytirishni istamoqda

«Lion» Endrikning ijara muddatini uzaytirishni istamoqda

Baho:
+ | -

«Lion» futbol klubi qishda «Real»dan ijara asosida jamoaga qo‘shilgan braziliyalik hujumchi Endrikni saqlab qolish niyatida. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, klub Endrikning ijara shartnomasini uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Bosh murabbiy Paulu Fonseka rahbariyatni futbolchining jamoada yanada uzoqroq qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirmoqda.

Ayni paytga kelib, Endrik «Lion» safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. So‘nggi bahsda u xet-trik qayd etib, jamoaning 5:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Klublar o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2026 yil iyunigacha amal qiladi, «Lion» esa futbolchining maoshining 50 foizini to‘lab beradi.

Qayd etilishicha, «Lion»da Endrikni to‘liq sotib olish huquqi mavjud emas. Bu esa ijara muddati tugagach, futbolchi «Real»ga qaytishi kerakligini anglatadi. Hozirda klublar ijarani uzaytirish imkoniyati yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:24, 26.01.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.