Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "At-Taavun"ni mag‘lub etdi - 1:0.
45-daqiqada Muhammad Al-Dossari tomonidan kiritilgan avtogol o‘yin taqdirini hal qildi.
"An-Nasr" ochkolarini 40taga yetkazib, Premyer-liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "At-Taavun" (35) - beshinchi o‘rinda.













