Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Nodir Eliboyev: "Biz Jakartaga g‘alaba qozonish maqsadida kelganmiz"

Nodir Eliboyev: "Biz Jakartaga g‘alaba qozonish maqsadida kelganmiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev Osiyo Kubogi–2026 musobaqasi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Avvalo, Indoneziya mamlakati rahbariyati, futbol va futzal mutasaddilariga bizni iliq kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga musobaqa davomida omad tilayman.

Tayyorgarlik masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz Osiyo kubogiga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rdik. Jakartaga oldimizga qo‘yilgan vazifani sharaf bilan uddalash maqsadida tashrif buyurdik. Eng avvalo, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak. Har bir o‘yinda yigitlar oldiga faqat g‘alaba qozonish vazifasini qo‘yganmiz. O‘ylaymanki, biz qiyin, ammo bajarish mumkin bo‘lgan maqsadimizga yuz foiz tayyormiz.

Albatta, bizda ham muammolar yo‘q emas. Jumladan, bir qator futbolchilarni jarohat sabab tarkibga qo‘sha olmadik. Bu holat milliy chempionatimizning so‘nggi turlarida yuz bergani bois himoya va hujum chizig‘idagi bog‘lanishlarga tezkor o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keldi. Rejadagi maqsadlarimizga qay darajada erishganimizni dastlabki uchrashuvlarda bilib olamiz. Shuningdek, final bosqichi bahslari davomida ham ishlash va izlanishda davom etamiz. O‘ylaymanki, terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar jangovar ruhda va kurashga tayyor. Maqsadimiz — faqat a’lo natijaga erishish hamda muxlislarimizni chiroyli, g‘alabali o‘yinlar bilan xursand etish.

Raqiblarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, bugungi kunda Osiyoda futzalni hamma yaxshi o‘rganib, o‘zlashtirib olgan. Final bosqichida kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Guruhdagi barcha raqiblarimizning o‘yin uslublarini chuqur tahlil qilib chiqqanmiz va futbolchilarimizga zarur ko‘rsatmalarni berdik. Ishonamanki, musobaqada ijobiy natijaga erishish qo‘limizdan keladi, — dedi Nodir Eliboyev.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston futzal terma jamoasi guruh bosqichida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Nodir Eliboyev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 28 yanvar kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:02, 27.01.2026.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.