"An-Nasr" klubi va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qallig‘i Jorjina Rodrigesni 32 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi.
"Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, hayotim ayoli!" - deya yozdi 40 yoshli portugaliyalik futbolchi.
Ronaldu va Rodriges 2016 yildan beri munosabatda, juftlikning ikkita farzandi bor. 2025 yil avgust oyida Jorjina futbolchi bilan unashtirilganini e’lon qilgan edi.














