Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Braziliya 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi JCHga mezbonlik qilishi mumkin

Braziliya 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi JCHga mezbonlik qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Braziliya 2029 yil bo‘ladigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘z hududida o‘tkazish uchun Xalqaro futbol federasiyasiga (FIFA) rasmiy murojaat bilan chiqdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mazkur tashabbus Braziliyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan. Unda FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hamda Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) rahbari Samir Shauda ishtirok etgan. Qayd etilishicha, Infantino bir necha kundan beri Braziliyada bo‘lib turibdi. Uning tashrifi 2027-yilda Braziliyada o‘tkaziladigan ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini targ‘ib qilish tadbirlari bilan bog‘liq.

Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) bir necha oydan buyon klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini mamlakatda o‘tkazish bo‘yicha yopiq tarzda muzokara o‘tkazmoqda.

“Mezbonlik masalasi juda yaqin. Albatta, barcha jihatlarni muhokama qilish kerak. Agar barchasi bizga bog‘liq bo‘lsa, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Braziliyada o‘tkazamiz”,  deydi Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, FIFA 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘yicha alohida tanlov jarayonini o‘tkazmagan. Kengaytirilgan, 32 jamoa ishtirok etadigan turnirni o‘tkazish huquqi FIFA Kengashi qarori bilan bir ovozdan AQSHga berilgan. 2029-yilgi musobaqa mezbonini aniqlash jarayoni qanday bo‘lishi hozircha e’lon qilinmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:06, 27.01.2026.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик