Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Tata Steel Chess turniri davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Chempionatning Masters guruhi 9-tur o‘zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda tomonlar o‘rtasidagi bellashuvda durang qayd etildi. Ushbu natijadan so‘ng Abdusattorov 6 ochko turnir jadvalida 1-o‘rinda qolmoqda. Sindorov esa 5,5 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan.

Abdusattorov 1-turda qora donalarda turkiyalik Yag‘iz Kan Erdog‘mus bilan durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda hindistonlik Praggnanandha Rameshbabu ustidan g‘alaba qozongan. 3-turda yana bir Hindiston vakili Aravindh Chitambaram bilan durang o‘ynagan va 4-turda oq donalarda Chexiya vakili Nguyen Tai Dai Vanni mag‘lub etgan. O‘zbekistonlik shaxmatchi 5-turda qora donalarda AQSH vakili Hans Niemann bilan durangga imzo chekdi, 6-turda amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaraju, 7-turda esa Germaniyalik Vinsent Keymerni mag‘lub etdi. Biroq Nodirbek 8-turda niderlandiyalik Anish Giriga imkoniyatni boy berdi.

Sindorov 1-turda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan oq donalarda, 2-turda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda, 3-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan oq donalarda durang qayd etgan, 4-turda esa u qora donalarda germaniyalik Matias Bleubaum, 5-turda oq donalarda turkiyalik Yag‘is Kaan Erdog‘mus ustidan g‘alaba qozongan edi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 6-turda hindistonlik Aravindh Chitambaram, 7-turda AQSH vakili Hans Niemann, 8-turda esa germaniyalik Vinsent Keymer bilan durang o‘ynadi.

Nodirbek Abdusattorov 10-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseevga qarshi dona suradi. Javohir Sindorov esa niderlandiyalik Jorden van Forest bilan o‘ynaydi. Ushbu bellashuvlar 28 yanvar sanasiga belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:21, 28.01.2026.
O'qildi: 2119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.