Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Lasio" Maldinining o‘g‘lini ijaraga oldi

"Lasio" Maldinining o‘g‘lini ijaraga oldi

Baho:
+ | -

Rimning "Lasio" klubi butun faoliyatini "Milan"da o‘tkazgan Paolo Maldinining o‘g‘li, 24 yoshli yarim himoyachi Daniel Maldini bilan ijara shartnomasi tuzdi. Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Maldini 1 mln yevro evaziga "Lasio"ga o‘tdi. Ijara shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Shartnoma shartlariga 10 mln yevro evaziga sotib olish opsiyasi kiritilgan bo‘lib, u rimliklar yevrokuboklarga yo‘l olgan taqdirda avtomatik ravishda ishga tushadi.

Joriy mavsumda Maldini "Atalanta" safida A Seriyada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 16:52, 28.01.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик