"Barselona" forvardi Markus Reshford Chempionlar ligasi o‘yinida "Kopengagen" darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan angliyalik futbolchi 85-daqiqada jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urdi.
Endilikda Reshford "Barselona" safida mavsumdagi 31 o‘yinda 9 gol va 9 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













