Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Maykl Olise – futbolning yashirin geniysi

Maykl Olise – futbolning yashirin geniysi

Baho:
+ | -

Bugungi futbol axborot makonida oddiy qoida ustuvor: kim gol ursa — o‘sha qahramon. Lentalarni xaylaytlar, qisqa videolar va baland sarlavhalar egallagan. Ammo futbolning ichki mantig‘i bu qarashdan ancha ilgarilab ketgan. Zamonaviy o‘yinda natija faqat zarba bilan emas, balki hujum qanday qurilgani, qarorlar qanchalik tez va aniq qabul qilinishi, jamoa tempni kim boshqarishi bilan hal bo‘ladi. Shu nuqtada Maykl Olise zamonaviy futbolning eng kam baholanayotgan futbolchilaridan biri sifatida ko‘zga tashlanadi.

2025/26 mavsumida u «Bavariya» hujumining markaziy figurasiga aylandi. U doimiy ravishda o‘yin sur’atini belgilayapti, sheriklariga qulay pozisiyalar yaratyapti va raqib himoyasini tuzilmaviy jihatdan buzib tashlayapti. Ammo uning nomi hali ham dunyoning eng kuchli futbolchilari haqidagi bahslarda kam tilga olinadi.

Pozisiyadan kengroq

Oliseni birgina pozisiya bilan ifodalash mushkul. U na klassik qanot hujumchisi va na to‘liq markaziy pleymeyker. U — yangi avlod gibrid futbolchisi, pozision futbol talablariga javob beradigan universal figura. Uning asosiy kuchi — o‘yinni oldindan o‘qish. Olise qarorni raqib hali joylashib ulgurmasidan oldin qabul qiladi. Bosim ostida ham u shoshilmaydi, xavfli, lekin hisoblangan yechimlarni tanlaydi. To‘p unga kelganda, jamoaning o‘yin geometriyasi o‘zgaradi. U chiziqlar orasida sheriklarni ko‘radi, himoya harakatini his qiladi va hujumni qachon tezlashtirish, qachon esa to‘pni ushlab, raqibni ochish kerakligini yaxshi biladi. Bu jihat uni oddiy vingerlardan ajratib turadi.

«Bavariya» muhiti

Myunxenda o‘ynash hujumchi uchun oson emas. Qarshi jamoalar deyarli har doim past blokda himoyalanadi, makon minimal, vaqt cheklangan. Bunday sharoitda individual mahoratning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Olisening «Bavariya»ga o‘tishi faoliyatida burilish nuqtasi bo‘ldi. Aynan shu yerda u ijrochi emas, balki hujum arxitektori ekanini isbotladi. U qanotdan markazga siljib, kombinasiyalarni bog‘laydi, o‘yinni chuqurroqdan qurdiradi. Uning ko‘plab uzatmalari golli pas sifatida qayd etilmaydi. Ammo aynan shu harakatlar raqib himoyasini oxirigacha yirtib, keyingi bosqich uchun makon ochadi.

Raqamlar ortidagi haqiqat

Yuzaki statistika ham ta’sirli: Olise har o‘yinda golga bevosita yoki bilvosita hissa qo‘shmoqda. Ammo uning darajasini to‘liq ochib beradigan ko‘rsatkichlar — chuqur analitik metrikalar. Joriy mavsumda u kutilayotgan assistlar, kalit uzatmalar, final uchlikka paslar va xavfli zonalardagi muvaffaqiyatli aldab o‘tishlar bo‘yicha liga yetakchilari safida. Ayniqsa, uning kutilayotgan assistlari real natijalar bilan deyarli to‘liq mos kelishi muhim. Bu tasodif emas, balki yuqori sifatli qarorlarning tizimli natijasi.

Barqarorlik — elita belgisi

Yorqin bir o‘yin har kimda bo‘lishi mumkin. Elita futbolchi esa mavsum davomida bir xil darajani saqlab turadi. Olise aynan shunday. Uning o‘yindagi ta’siri epizodlarga emas, tizimga qurilgan. U har uchrashuvda hujum mantig‘ini saqlaydi, jamoani haddan tashqari xavfga qo‘ymaydi va zarur paytda o‘yinni tinchlantiradi. Bu sifat uni epizodik yulduz emas, balki jamoaning tayanch nuqtasiga aylantiradi.

Yevropa elitasi bilan solishtirish

Agar Oliseni Yevropa top-ligalarining yetakchi vingerlari va hujumkor yarim himoyachilari bilan solishtirsak, qiziq xulosalar chiqadi. Gollar sonida u ba’zilardan ortda qolishi mumkin. Ammo hujumga umumiy ta’siri bo‘­yicha u ko‘p hollarda ustun. U ko‘proq vaziyat yaratadi, to‘pni xavfli zonalarga tez-tez olib chiqadi, bosim ostida kamroq to‘p yo‘qotadi va pozision hujumlarda o‘yinni yaxshiroq o‘qiydi. Shu sabab uni analitik modellar doim yuqori pog‘onalarga joylashtiradi.

O‘sish trayektoriyasi

2024/25 mavsum Olise uchun moslashuv yili bo‘ldi. U yangi ligada o‘zini tez topdi, raqamlar berdi. Ammo hozirgi mavsum — bu shunchaki davom emas, sifat jihatdan yangi bosqich. U ko‘proq mas’uliyat olyapti, o‘yin qurishda markaziy rol o‘ynayapti, zich himoyaga qarshi ishonchliroq harakat qilyapti. Qiyin lahzalarda jamoa aynan uning orqali o‘yin qurmoqda. Bu esa futbolchining maqomi oshganidan dalolat.

To‘g‘ri qarorlar futboli

Olise effektga intilmaydi. U eng samarali variantni tanlaydi. Dribling — raqibni surish uchun, uzatma — makon ochish uchun. U qachon xavf qilishni, qachon esa to‘pni saqlab qolishni juda yaxshi his qiladi. Bu sifatlar uni taktik jihatdan juda qimmat futbolchiga aylantiradi.

Nega u hali ham kam baholanadi?

Birinchidan, u egosentr emas, o‘zini ko‘rsatish uchun o‘ynamaydi. Ikkinchidan, u boshqa yorqin yulduzlar yonida harakat qiladi. Uchinchidan, uning qiymati ko‘proq analitik ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi. Ommaviy futbol muhokamalari esa bunday chuqurlikka kam kirib boradi.

Xulosa

Maykl Olise — shovqinsiz yetakchi, zamonaviy futbolning intellektual yadrosi. U tempni boshqaradi, hujum tuzilmasini qurdiradi va sheriklarini yaxshiroq qiladi.

Agar futbolga gollardan chuqurroq qaralsa, bir narsa aniq bo‘ladi: Maykl Olise allaqachon dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Faqat buni ko‘rish uchun o‘yinni ko‘ra bilish kerak.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:55, 29.01.2026.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.