Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

«Portu» «Manchester Yunayted»ga keraksiz himoyachiga qiziqmoqda

«Portu» «Manchester Yunayted»ga keraksiz himoyachiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Portu» «Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyachisi Tirell Malasiyaga qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik futbolchining shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadi, shu bois «qizil iblislar» qishki transfer oynasi yopilgunga qadar uni sotib yubormasa, o‘yinchidan hech qanday mablag‘ ishlab ola olmasligi mumkin.

Voetbal International ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli lateralga aynan «Portu» da’vogarlik qilmoqda. «Ajdarlar» bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda: portugal klubi futbolchini yozda erkin agent sifatida jalb qilish uchun kutib turishi ham istisno qilinmaydi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Tirell Malasiyaning transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda himoyachi «MYU» asosiy jamoasi safida faqat bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 12:38, 30.01.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик