Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik "Barselona"ning Chempionlar Ligasidagi achinarli statistikasi haqida gapirdi

Flik "Barselona"ning Chempionlar Ligasidagi achinarli statistikasi haqida gapirdi

Baho:
+1 | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning himoyadagi muammolari haqidagi savolga javob berdi. "Ko‘k-anorranglilar" Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi, ammo umumiy bosqichning barcha sakkizta o‘yinida gol o‘tkazib yubordi, shu jumladan so‘nggi turda.

"Aytib o‘tganimdek, biz o‘z ustimizda ishlashimiz, ma’lum jihatlar ustida ishlashimiz kerak. Ammo biz baribir beshinchi o‘rinni egalladik, bu, ayniqsa, hammasi qanday boshlanganini hisobga olsak, juda qadrli. "Chelsi"dan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, odamlar sakkiztalikka kirishimiz mumkinligiga ishonishmadi, biz esa beshinchi o‘ringa tushib qoldik. Men mamnunman, ammo biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak - men jamoaga aynan shuni aytdim", - dedi Flik La Liganing shanba kungi "Elche"ga qarshi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Chempionlar ligasi 1/8 final o‘yinlari mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:28, 31.01.2026.
O'qildi: 2764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик