Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

OKMK yangi mavsum oldidan dastlabki xorij yig‘inini yakunladi

OKMK yangi mavsum oldidan dastlabki xorij yig‘inini yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

OKMK futbol klubi yangi mavsum oldidan rejalashtirilgan dastlabki xorij yig‘inini muvaffaqiyatli tarzda yakunlab, bugun Toshkentga qaytib keldi. Jamoa 18–31 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, u yerda jismoniy holatni yaxshilash va taktik ishlanmalarni chuqurlashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib bordi.

Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning umumiy tayyorgarligini baholab, jamoaviy o‘yin mexanizmlarini takomillashtirish hamda yangi taktika elementlarini amaliyotda sinab ko‘rishga alohida e’tibor qaratdi. Mashg‘ulotlar yuqori intensivlikda o‘tdi va futbolchilarning funsional holatini optimal darajaga olib chiqish asosiy maqsadlardan biri bo‘ldi.

Ikki haftalik intensiv mashg‘ulotlardan so‘ng jamoa a’zolariga uch kunlik qisqa tanaffus berildi. Shundan so‘ng OKMK FK tayyorgarlikning navbatdagi muhim bosqichiga kirishadi. Xususan, 4 fevral kuni erta tongda jamoa Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi.

Antaliyadagi yig‘in 18 fevralga qadar davom etadi. Ushbu bosqich doirasida «Konchilar» bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur bellashuvlar yangi mavsum oldidan jamoaning umumiy tayyorgarlik darajasi hamda tarkib imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Raqiblar va o‘yinlar taqvimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Manba: ОКМК матбуот хизмати
Kiritildi: 17:40, 31.01.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик