Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Qozog‘iston prezidenti Yelena Ribakinani Aus Open chempionligi bilan tabrikladi

Qozog‘iston prezidenti Yelena Ribakinani Aus Open chempionligi bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dunyoning beshinchi raqamli ayol tennischisi, Yelena Ribakinani 2026 yilgi ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Sizni navbatdagi ajoyib yutug‘ingiz — Avstraliya ochiq chempionatidagi g‘alaba bilan chin dildan tabriklayman. Siz yana bir bor o‘z mukammal texnikangiz va g‘alabaga bo‘lgan irodangizni ko‘rsatdingiz, natijaga erishdingiz, bu esa butun jahon tennis hamjamiyati tomonidan hayrat bilan qabul qilindi — bu yutuq Qozog‘iston va jahon tennis tarixi sahifalarida o‘chmas iz qoldiradi. Ushbu sportdagi muvaffaqiyat va mamlakatimizda tennisni rivojlantirish va targ‘ib etish yo‘lida qo‘shgan beqiyos hissangizni inobatga olib, men sizga 3-darajali “Baris” ordenini taqdim etish haqidagi Farmonni imzoladim. Sizga eng nufuzli turnirlarda yanada ko‘proq yutuqlarni tilayman!” deyiladi respublika Prezidentining tabrigida.

Ma’lumot uchun, Melburn shahrida o‘tkazilgan Avstraliya ochiq chempionatining final uchrashuvida Qozog‘iston vakili Yelena Ribakina jahon reytingi yetakchisi, belaruslik Arina Sabalenkaga qarshi g‘alaba qozondi.

Uchrashuv WTA reytingida 5-raqam ostida tasniflangan Ribakina foydasiga 6:4, 4:6, 6:4 hisobida yakunlandi. Sabalenka jahonning birinchi raqamli ayol tennischisi hisoblanadi. Shu tariqa Ribakina faoliyatida ilk bor Australian Open chempioniga aylandi. U 2023-yilda ham finalga chiqqan, biroq hal qiluvchi bahsda aynan Sabalenkaga mag‘lub bo‘lgan edi.

Avstraliya ochiq chempionati mavsumdagi ilk “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib, qattiq qoplamali maydonda o‘tkaziladi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi qariyb 75 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘alaba qozongan Ribakina 2 million 770 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi hamda o‘z hisobiga 2000 reyting ochkosini qo‘shdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:22, 31.01.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик