Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Laporta — Negreyra ishi haqida: «Sudya «Real»ning yuziga eshikni yopib qo‘yganidan xursandman»

Laporta — Negreyra ishi haqida: «Sudya «Real»ning yuziga eshikni yopib qo‘yganidan xursandman»

Baho:
+1 | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real»ni tanqid qildi, shuningdek, sudning "Qirollik klubi"ga "ko‘k-anorranglilar" moliyaviy hujjatlariga kirish huquqini bermagani haqidagi qarorini izohladi. Ushbu so‘rov «Barselona»ga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) tizimida ishlagan hakamlar texnik qo‘mitasining (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga qilingan to‘lovlar bo‘yicha pora berish ayblovlari bilan bog‘liq edi.

«Bu — normal holat emas, raqib klub haqida ma’lumot olish uchun sud jarayonidan foydalanish klub uchun mutlaqo yarashmaydigan xulq-atvor. Bu o‘rinsiz edi va sudya ham buni xuddi shunday qabul qildi. Biz allaqachon bilamiz, barchamiz bilamiz — bularning barchasi “Barsa”ni izdan chiqarish va obro‘-e’tiborimizga putur yetkazish uchun uyushtirilgan. Hukm chiqarilishidan oldinoq bizni aybdor deb atashyapti, ammo ular biz hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganimizni ko‘rishadi. Ishonamanki, bu ish yaqin vaqt ichida yopiladi.

«Real» “Barsa”ga oid maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinib, o‘rinsiz harakatlar qilmoqda, shu sababli ularning so‘rovi asossiz edi. Bundan ham ko‘prog‘ini aytaman: bu holatda ular o‘zlari ham yolg‘on ekanini biladigan da’volarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, o‘z televideniyesida aytib kelayotgan gaplarini mustahkamlashga urinmoqda. Ular aytmoqchi bo‘layotgan narsalarni tasdiqlaydigan hech qanday dalil bo‘lmaydi. «Barsa» hech qachon hakamlardan manfaatli munosabatga erishish orqali musobaqani manipulyasiya qilishga urinmaganini allaqachon namoyish etgan. Sudya “Real”ning yuziga eshikni yopib qo‘yganidan xursandman.

Ular ishni cho‘zishga urinayotganini ko‘ryapmiz, garchi hech narsa bo‘lmaganini yaxshi bilishsa-da. Bizdan yaxshiroq bo‘lish uchun esa mehnat qilish, kurashish va hammasini to‘g‘ri bajarish kerak, bu esa doim ham ularda uddalanavermaydi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:31, 31.01.2026.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик